Jamiyat
Oliy Majlis deputatlari yangi chaqiriqqa saylanadigan deputatlar faoliyatini qatʼiy nazoratga oluvchi qonun tashabbusi bilan chiqishgan. Bu haqida Tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, deputat haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat (masalan, ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shugʻullangan taqdirda uning vakolatlari muddatidan ilgari tugatiladi.
Shuningdek, endi tegishli palata, siyosiy partiya fraksiyasi, oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya faoliyatida uzrli sabablarsiz bir kalendar yil davomida oʻttiz yoki undan ortiq ish kuni ishtirok etmasa, deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Bundan tashqari, deputat majlislarda uzrli sabablarsiz qatnashmasa, har bir ishtirok etilmagan holat boʻyicha bir kunlik ish haqi uning roziligisiz ushlab qolinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q