Jamiyat
Choy – oʻzbek xalqining sevimli ichimligi. Yilning qaysi mavsumi boʻlmasin, hatto yozning issiq kunlarida ham oʻzbek oilasi choy ichishni kanda qilmaydi.
Bu qanchalik toʻgʻri? Tibbiy tomondan buning foydasi yoki zarari qanday?
Choy ovqat hazm qilishga yordam beradi.
Qarish jarayonini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilab, qon bosimini pasaytiradi.
Shuningdek, issiq choy organizmdagi oqsillarni yaxshi yutilishini taʼminlaydi. Tanaga oziq moddalarni yaxshiroq singdirishga hissa qoʻshadi.
Issiq kunda ichilgan issiq choy esa inson tanasiga foydali boʻlar ekan.
Mutaxassisning aytishicha, yozning issiq kunlarida issiq choy ichish organizmning ichki haroratini moʻtadil boʻlishiga yordam beradi. Issiq choy ichganda tana terlash orqali oʻz-oʻzini sovitadi va bu salqinlikni his qilishga olib keladi.
Mazkur tahlildan xulosa qilish mumkinki, azaldan jazirama kunlari issiq choy ichishni odat qilgan oʻzbeklar buni bilgan. Bu esa xalqimizning donoligidandir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q