Iqtisod
May oyida respublika boʻyicha 21,6 mingta uy-joy sotilgan. Bu oʻtgan oyga nisbatan 9 foizga yuqori koʻrsatgich hisoblanadi.
Biroq oʻtgan yilning may oyiga nisbatan solishtirilganda sotib olish faolligi 15,2 foizga kamaygani maʼlum boʻladi.
Ketma-ket ikki oy davomida sotuv jarayonining oʻsishiga qaramay, joriy faollik darajasi hali ham bir yil oldingi darajadan past boʻlib qolmoqda.
Hududiy uy-joy bozoridagi vaziyat tahlil qilinganda uy-joy savdosining eng katta oʻsishi Samarqand (21 foiz), Andijon (19,3 foiz) va Namangan (15 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Ijara bozorida esa oʻtgan oydagi koʻrsatgich oʻzgarmagan. Yaʼni, masalan, poytaxtda may oyida uy-joy ijara bozori aprel oyidagi pasayishga nisbatan moʻtadillashgan. Aprel oyi bilan taqqoslaganda poytaxtning aksariyat tumanlarida sezilarli oʻsish qayd etilmagan, oʻsish atigi 1,2 foizni tashkil qilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Toshkentda uy-joy ijara narxi bir kvadrat metri uchun 8,4 dollarni tashkil etgan.
Ammo Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun oʻrtacha 10,5 dollarga toʻgʻri keladi.
Boshqa tumanlarga nisbatan arzon uy-joy ijara narxlari Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolgan.
Xabarga koʻra, respublika boʻyicha ikkilamchi uy-joy narxlari may oyida 1,3 foizga, yillik hisobda esa 10,3 foizga oshgan. Bu esa inflyatsiya koʻrsatkichlari bilan bogʻliq.
Garchi oʻsish koʻrsatkichi katta boʻlmasa-da, ikkilamchi uy-joy narxlarining uzoq muddatli oʻsish tendensiyasi davom etmoqda. Ammo mazkur oʻsish hududlar kesimida taqsimlansa, sezilarli tafovutlar koʻzga tashlanadi.
Jumladan, ikkilamchi uy-joy narxlarining eng yuqori oʻsishi qayd etilgan hududlar – Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari boʻlgan. Ushbu hududlarda narxlar oʻrtacha 18,7 foizga oshgan.
Biroq narxlar oʻsishi hududlar tarkibidagi tumanlarda ham turlicha boʻlgan.
Masalan, garchi poytaxtda ikkilamchi uylar uchun narx oʻsishi 18,7 foiz deb aytilsa-da, may oyida butun Toshkent shahri boʻylab narxlar oʻsishi 1,1 foizni tashkil etgan. Bu oʻtgan oyning koʻrsatkichiga toʻgʻri keladi.
Poytaxtning markaziy tumanlari kontekstida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx dinamikasini tahlil qilish vaziyatning turlicha ekanligini koʻrsatadi. May oyida narxlarning eng yuqori oʻsish surʼatlari Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida qayd etilgan. Narxlarning eng yuqori oʻsishini koʻrsatgan ushbu uchta hudud uchun oʻrtacha hisobda ikkilamchi uy-joy narxining oʻsishi 1,5 foiz boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q