Jamiyat
Bugun, 11-iyun kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida S.Saidaliyev (“Saidaziz medgorodok”) va boshqalarga (jami 29 kishi) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni boshlandi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining raisi M. Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmoqda.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar – S. Saidaliyev, M. Mirxodjayev, Sh. Samiyev, A. Akramov, I. Satvaldiyev, F. Alimov, R. Bobonazarov, L. Shomurodov, N. Tulyaganov, Sh. Quvatov, Gʻ. Oʻrinboyev, U. Maxmudov, A. Nurmatov, B. Erkinov, A. Yuldashev, S. Usmonov, D. Umirzakov, T. Abdumalikov, D. Badalov, U. Raximov, D. Xoshakov, Z. Qayumov, B. Muminov, D. Yunusov, D. Sultanov, B. Samadov, X. Riskiyev, B. Rahmonov va Yo. Sotivoldiyev Jinoyat Kodeksining 112, 165, 168, 182, 227, 228, 229, 236, 237, 238, 242, 243, 277 va 28,211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
.jpg)
Taʼkidlanishicha, 28 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “munosib xulq atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat“ tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga koʻra, mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh aniqlangan.
Sud jarayoni yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90460
Jamiyat
74537
Jamiyat
//
Izoh yo‘q