Oʻtgan besh oy davomida odam savdosi bilan 69 nafar shaxs qoʻlga olindi

Saqlash
16:43 / 11.06.2024 327 0

2024-yilning yanvar-may oylarida JKning 135-moddasi (odam savdosi) bilan 69 nafar shaxs sudlangani aytildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, ularning 52 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 17 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar (jarima, shartli va ozodlikni cheklash) tayinlangan.

 

Xabarga koʻra, sudlanganlarning 53 nafari ayol boʻlsa, 16 nafari erkak.

 

Mazkur shaxslar ishtirokidagi odam savdosi bilan 86 nafar shaxs jabrlangan boʻlib, shulardan 63 nafarini ayollar hamda 14 nafarini 3 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar tashkil etadi.

 

Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil davomida odam savdosi bilan 126 nafar shaxs sud qilingan.

 

Ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 42 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar (shartli va ozodlikni cheklash) tayinlangan.

 

Ushbu sudlanganlarning 111 nafari ayol, 15 nafari esa erkak.

 

Oʻtgan yili ushbu sudlanuvchilar tomonidan 242 nafar shaxs jabrlangan boʻlib, ulardan 151 nafarini ayollar hamda 24 nafarini 3 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar tashkil etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//