Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyati aʼzolari bilan uchrashdi. Bu haqda Otabek Hasanov shaxsiy telegram kanalida maʼlum qildi.
«Qayta va qayta barchamiz zamonning tezkorligi, shiddati va shu bilan birga, xavflari haqida aytmoqdamiz. Bunday tahlikalar ichida barchani uygʻoq fikrlari, ezgu qarashlari ortidan ergashtiruvchilar ham millat oydinlari boʻlishi kerak» – deydi Otabek Hasanov.
Uchrashuvda sohaga oid harakatlar va ularning natijasini yangi bosqichga olib chiqish rejalari boʻyicha suhbat oʻtkazildi.
Rejalarning natijasi oʻlaroq, Markaz faoliyatini yangilash maqsadida zamonaviy targʻibot laboratoriyasi va studiyalar tashkil qilinmoqda. Undan samarali foydalanishda esa ziyolilar faolligi talab etiladi.
Bu haqda Hasanov shunday deydi:
«Bugun jamiyatda yoshlarni tarbiyalash, ularning Vatan taraqqiyoti yoʻlida daxldorlik bilan yashashi, umuminsoniy fazilatlarini rivojlantirmoqchi boʻlsak, ziyolilar, albatta, eng oldingi safga chiqishi shart».
Uchrashuv davomida «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyatiga yana yangi aʼzolar qabul qilindi. Aʼzolar safining ortishi, bevosita faoliyatning yangi bosqichga olib chiqishida koʻmak beradi.
Avvalroq, Otabek Hasanov olimlar, ziyolilardan iborat ekspertlar guruhi bilan koʻrishgani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q