Obyektlarni sovitishda qish bilan bir xil energiya sarflanmoqda

Saqlash
22:55 / 10.06.2024 684 0

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Unda energiya samaradorligi, koʻp qavatli uylarni boshqarish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqilmoqda.

 

Yigʻilishda ayrim hududlarda ishlar sust boʻlgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi toʻliq bajarilmayotgani tanqid qilindi.

 

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bogʻchaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan.

 

Shu maqsad bilan yigʻilishda yangi ijtimoiy obyektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorligi boʻyicha qatʼiy talab kiritish vazifasi qoʻyildi.

 

Bundan tashqari, issiq oylarda maʼmuriy va tijorat obyektlarini sovitishga qish bilan bir xil energiya sarflanayotgani aytildi. Shu munosabat bilan mutasaddilarga maʼmuriy binolar, koʻp qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqish, shuningdek, mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi.

 

Xabarda aytilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayonida 251 ta shifoxona, 292 ta bogʻcha, 393 ta maktab va internat taʼmirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//