Tunda derazalarni ochib uxlash inson ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi

Saqlash
22:17 / 10.06.2024 639 0

Derazalarni ochib uxlash inson sogʻligiga foydali ekanligi maʼlum. Biroq tanganing ikkinchi tomoniga qaraladigan boʻlsa, buning salbiy taʼsiri ham borligi maʼlum boʻladi.

 

Olimlar oʻz tadqiqotlariga tayanib, kechasi derazani ochib uxlashning foydali va ziyon keltiradigan jihatlarini aniqlagan. Ammo shamollab qolish degan tushuncha bu yerda asosiy muammo emas. Toʻgʻri, qish mavsumida derazalarni yopib uxlash kerak, biroq yozning issiq kunlarida xonada turib qolgan havodan tashqaridagi salqin havo ming marta afzaldir.

 

Biroq shifokorlar xona derazasi shovqinli joyga, masalan, katta koʻchaga yoki 24 soat davomida tinch boʻlmaydigan hududga qaragan boʻlsa, derazalarni yopib uxlashni tavsiya etadi. Bunga sabab shahar shovqini insonga, ayniqsa, u uxlayotgan boʻlsa, sogʻligiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Yaʼni, tundagi shovqin kishida stressni keltirib chiqaradi.

 

Gap shundaki, inson miyasi uyqu paytida shovqinga juda sezgir boʻlar ekan. Uyqudagi shovqin esa yuqori qon bosimiga olib kelishi mumkin boʻlgan kortizol gormoni ishlab chiqilishiga olib keladi. Shuningdek, inson shovqindan choʻchib tushishi ham mumkin va bu tanada qoʻrquvni keltirib chiqaradi.

 

Shuning uchun ham mutaxassislar xona havosini shamollatib boʻlgach tunda derazalarni yopib uxlash kerakligini taʼkidlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//