Jamiyat
Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda oʻz huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini ularga taqdim etish yoʻli bilan himoya qilishga qaratilgan.
Hujjatda quyidagi shartlar qayt etilgan:
◻️ Oʻzbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan boʻlsa va uzatish xuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni taʼminlaydi;
◻️ Oʻzbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxs hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qoʻllamaydi.
Konvensiyaga qoʻshilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilgʻor xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek Oʻzbekiston obroʻsining oshishiga koʻmaklashadi.
Hujjat Qonun hujjati milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2024-yilning 6-iyunidan boshlab kuchga kirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q