Jamiyat
83 yoshli pensionerni chuv tushirgan firibgar ayol qoʻlga olindi.
Maʼlum boʻlishicha, Buxoro viloyatida yashovchi 83 yoshli D.N. (ayol) ariza bilan murojaat qilib, 3 ming AQSh dollari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.S. sodir etganligi aniqlangan.
Ochiqlanishicha, gumonlanuvchi ayol S.S. jabrlanuvchi D.N.ga qoʻngʻiroq qilib, uning nevarasi yoʻl transport hodisasiga uchraganligi, zudlik bilan pul kerakligini aytib, uni aldagan va yashash uyiga kelib, 3 ming AQSh dollarini olib ketgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu bandlarda sudlanuvchiga jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q