Jamiyat
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tugʻilgan 24 yoshli TerDU talabasi kriptoaktivlar aylanmasidagi qonunchilikni buzishda ayblanib, 10 sutkaga qamaldi.
Maʼlum boʻlishicha, u Telegram messenjeri orqali notkoin yigʻib, uni sotgan.
Sud ishi hujjatiga koʻra, 1-iyun kuni Toshkent shahri IIBB kotibiyati tomonidan roʻyxatga olingan ariza yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilgan. Jarayonda fuqaro I.N.ga tegishli telefon va plastik kartadan kriptoaktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shugʻullanilgani ma'lum bo'lgan.
“Sud majlisida yigit yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holat boʻyicha aybini tan olib, kriptoaktivni Telegramʼda yigʻgani, notkoin kriptoaktivini 800 ming soʻmga sotganini bildirdi. Oʻz navbatida, u buning noqonuniy ekanini bilmagani, oilada yagona boquvchi ekanini aytib, suddan yengillik barishni soʻradi”, deyiladi xabarda.
Yakunda sud hukmi bilan yigit Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 155−4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinlangan.
Bundan tashqari, sudlanuvchiga tegishli Galaxy A30 telefoni hamda bank plastik kartasi tegishli tartibda yoʻq qilinishi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q