“Kosmonavtlar” metro bekati yaqinidagi yerosti kabellarida yongʻin chiqdi

Saqlash
15:15 / 10.06.2024 330 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Kosmonavtlar” bekati yaqinida tutun chiqayotgani tasvirlangan videolar tarqalmoqda. Shuningdek, videolarda yongʻin chiqqani xabar qilinmoqda.

 

Maʼlum boʻlishicha, hodisa bilan metropoliten tizimi oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoʻq.

 

“Yuzaga kelgan ushbu yongʻinning metropoliten tizimiga bogʻliqlik holati mavjud emasligini, shu bilan birgalikda, “Kosmonavtlar” bekatidagi barcha qurilmalar normal holatda ishlayotganini maʼlum qilamiz”, deyiladi “Toshkent metropoliteni” DUK xabarida.

 

FVVning axborotiga koʻra, 10-iyun kuni soat 08:10 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Afrosiyob va Sh.Rashidov koʻchalari kesishmasiga yaqin hududdagi yer osti tunnelida elektr simlarida tutashish yuz bergan.

 

Voqea joyiga 9 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borgan va voqea joyi soat 09:08 da qurshab olinib, hodisa soat 09:15 da bartaraf etilgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan.

 

“Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan”, deyiladi FVV axborotida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//