Andijondagi festivalga kimlar kelishi maʼlum boʻldi

Saqlash
14:29 / 10.06.2024 434 0

Shu yilning iyul oyida Andijon viloyati Xonobod shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Dunyo sadolari” festivaliga jahon estradasi yulduzlaridan Arash va Inna taklif etilgani maʼlum boʻldi.

 

Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan xonanda Joni (Jony) ham festivalda ishtirok etadi.

 

Bundan tashqari, oʻzbek estradasining elimiz suygan yorqin yulduzlari festivalga tashrif buyurishlari kutilmoqda.

 

Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan roʻyxatga binoan quyidagi yulduzlar Andijonga kelishi aytilgan edi:

• Psy;

• Modern Talking;

• Asher;

• Pitbull;

• Inna;

• Kamelia;

• Seeya;

• Era Istrefi;

• Sean Paul;

• Eminem;

• 50 Cent;

• Tarkan;

• Nancy;

• Mustafa Sandal;

• Arash;

• Shohrux Xon.

 

Biroq, Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi bu “roʻyxat, kelishuv mablagʻlari, marhum sanʼatkorlar haqidagi xabarlar hokimlik tomonidan tasdiqlangan yoki hokimlik taqdim etgan maʼlumotlar emas”ligini aytdi.

 

“Bu xabarlar kim tomonidan ishlab chiqilgani va qanday maqsadda havola etilgani hozircha nomaʼlum”, deyiladi hokimlik xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//