“Tirik tarix” filmlar turkumi yaratiladi

Saqlash
23:44 / 07.06.2024 524 0

“Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlandi.

 

Mazkur dastur milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.

 

Prezident Qaroriga koʻra, kinematografiya sohasini yangi bosqichga koʻtarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024–2027 yillarga moʻljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (“Tirik tarix”) tasdiqlandi.

 

Mazkur dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yoʻlida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis hamda haqqoniy koʻrsatib berish maqsad qilingan.

 

Shu bilan birgam qarorga binoan quyidagilar tuzildi:

◻️ Kinematografiyani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy komissiya;

◻️ Filmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirishga koʻmaklashuvchi milliy kengash.

 

Shuningdek, “Tirik tarix” dasturi doirasida:

▪️ filmlar ishlab chiqarish uchun kinoloyihalarni tayyorlash boʻyicha tanlov tashkil etiladi va eng yaxshi kinoloyihalar tanlab olinadi;

▪️ kinoloyihalarga muvofiq filmlar ishlab chiqarish uchun taqdimot shaklidagi tanlovlar (pitching) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//