Toshkentda yana bir suv sporti saroyi ochildi

Saqlash
23:26 / 07.06.2024 547 0

Bugun, 7-iyun kuni Prezident poytaxtning Yakkasaroy tumanida ochilgan yangi suv sporti saroyini koʻzdan kechirdi.

 

 

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan.

 

50 metrli basseyn va 500 oʻrinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoaning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish sharoitlar yaratilgan.

 

 

Shuningdek, bolalar ham bu yerdagi balandlikdan sakrash va kichik havzalarda suv sportini oʻrganishadi.

 

Xabarga koʻra, majmuada yoshlar, mehnat jamoalari va faxriylar salomatliklarini mustahkamlashi mumkin. U bir vaqtning oʻzida 100 nafar, bir kunda mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega.

 

 

Ikkinchi qavatda maʼmuriyat va murabbiylar xonasi, konferensiya zali, trenajyor xonasi hamda sport sharhlovchilari uchun maxsus xonalar joylashgan.

 

Majmua negizida Suv sporti maktabi tashkil etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//