Jamiyat
Xususiy oliygoh talabalarining 17 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlov-kontrakt pullari toʻlab beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga koʻra, quyidagi toifadagi yoshlarning oʻqish pullari davlat tomonidan toʻlanadi:
◻️ Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
◻️ Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
◻️ Ijtimoiy himoya yagona reyestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTMda taʼlim olayotgan farzandi;
◻️ Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan oʻquvchi-talaba;
◻️ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi boʻlgan kam taʼminlagan oilaning professional yoki OTMda taʼlim olayotgan farzandi;
◻️ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni boʻlgan oʻquvchi-talaba;
◻️ Oilasi kam taʼminlangan talaba.
Respublikadagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, Oʻzbekistonning oʻzida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:
➖ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
➖ magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan talablarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqish boʻyicha yillik xarajatlarining bir qismi toʻlab beriladi.
Bunda ushbu xarajatlarni toʻlab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida boʻladi. Summa miqdori esa toʻlov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravari(17 mln soʻm)dan oshmagan miqdorda boʻladi.
Maʼlumot oʻrnida, toʻlov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarga amal qilmaydi:
▪️ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
▪️ qoʻshma taʼlim dasturlari;
▪️ tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlar uchun.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q