Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududlarda sohaga oid oʻrganishlar olib bormoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – hududlardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning joriy holati va rejalarini oʻrganishdan iborat.
2024-yilning may oyida Markaz ishchi guruhi Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib qaytdi. Hududdagi ilk uchrashuv Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat Universitetida, sohaga masʼul vakillar bilan muloqotdan boshlandi. Unda 100 ta maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, 60 ta Maktabgacha taʼlim muassasalarining metodistlari, 10 nafar prorektor, 70 nafar mahalla yetakchilari, 40 nafar vazirlik va idoralarning maʼnaviy sohaga masʼul xodimlari ishtirok etdi.
"Markazning yangilanayotgan faoliyati bevosita ziyolilar minbarini yaratish bilan bogʻliq. Buning uchun faoliyatimizning aniq metodik yoʻnalishlarini belgilab olishimiz zarur. Kuchlarimizni birlashtirish, izchil, maktabgacha taʼlimdan to oliy taʼlimgacha uzluksiz olib borishimiz shart", – deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov.
Markaz ishchi guruhi shuningdek, Qoraqalpoq davlat universitetining faol yoshlari, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar va taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan ham tanishdi.
Otabek Hasanov yoshlar bilan muloqot hamisha qiziq va foydali boʻlishini aytib, fikrini shunday izohlaydi:
"Buning ikkita sababi bor: birinchidan, biz bugun targʻibotni anʼanaviydan zamonaviy usulga oʻzgartirmoqchimiz. Bu ishni esa yoshlar nigohisiz qilib boʻlmaydi. Shu sabab doim ularning qiziqishlari, oʻy-xayollari, orzulari, qarashlari haqida bilish muhim. Ikkinchidan, ular ertangi millatimiz qiyofasi. Bizning bugungi harakatimiz ertaga ular timsolida aks etadi".
Tadbir davomida oʻrganish natijalari boʻyicha sohaga masʼul rahbarlar ishtirokida tahliliy-tanqidiy mazmundagi yigʻilish oʻtkazildi. Tahlil davomidan oʻrtaga tashlangan muammolarga taxminiy yechimlar taklif qilinib, kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha tomonlar oʻrtasida qoʻshma bayonnoma asosida yoʻl xaritasi imzolanishiga erishildi.
"Bundan keyingi faoliyatimizni tizimlashtirish, anʼanaviydan zamonaviy targʻibot usullariga oʻtish borasidagi loyihalarimizni koʻrib chiqdik. Bu kabi uchrashuvlar barcha hududlar boʻylab davom etadi", – deb yozadi Otabek Hasanov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q