Madaniyat
Bugun, 15-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Eng namunali tuman va shahar” tanloviga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tavsiyasiga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan hamda o‘z hududida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlagan 14 ta tuman va shahardan, “Eng namunali vazirlik va idora” tanloviga esa 20 ta vazirlik va idoradan ariza qabul qilindi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “Eng namunali tuman va shahar” yo‘nalishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hamda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani 75,6 ball bilan 1-o‘rin, “Eng namunali vazirlik va idora” yo‘nalishida esa Mudofaa vazirligi 96,9 ball bilan 1-o‘rinni egalladi. Tanlovning mutlaq g‘oliblariga Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomobili va 15 million so‘mlik kitoblar to‘plami taqdim etildi.
Tanlovda 1–5-o‘rinlarni egallagan jamoalar ham pul mukofoti va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi. Bu esa g‘oliblarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Taqdirlash marosimi xalqimiz suygan san’atkorlar, estrada xonandalarining ozod va obod yurtimizni madh etuvchi go‘zal kuy-qo‘shiqlariga ulanib ketdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q