Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida 10 000 ta plastik oʻrdakcha tushirilmoqchi ekanligi haqida xabar tarqaldi. Holat boʻyicha qarshilik koʻrsatgan Ekologiya vazirligi “bunday xatti-harakatlarni keskin qoralagan va bunday holatlar qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻlishini” maʼlum qilgan.
“Holat yuzasidan vazirlik tomonidan voqea joyiga chiqilib, mutasaddilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Bunday xatti-harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunlarni qoʻpol ravishda buzish hisoblanishi hamda javobgarlikka sabab boʻlishi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirildi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Vazirlik, shuningdek, istirohat bogʻlari, dam olish maskanlari mutasaddilarini ekologiyaga zarar keltiradigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslikka chaqirgan.
Bundan tashqari, blogerlar, vaynerlar, ijtimoiy tarmoqlar faollaridan tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan gʻoyalarni targʻib qilishni, bu mavzularda ijtimoiy roliklar tayyorlashni soʻrab, vazirlik bu borada ularga koʻmak berishga tayyorligini bildirgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar” deya belgilab qoʻyilgan”, deb yoziladi vazirlik saytida.
Rasmiy munosabatda atrof-muhitga zarar yetkazish MJtKning 91prim 1-moddasi, 95, 161-moddalariga koʻra qatʼiy javobgarlikka sabab boʻlishi taʼkidlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q