
Jamiyat
Ayrim mamlakatlarda, xususan, O‘zbekistonda ham 16-avgust kuni soat 21:00 da Telegram messenjeriga ulanishda uzilishlar kuzatildi.
Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, tarmoq faoliyati yana 3 ta davlatda: Rossiya, Ukraina va Latviyaning ayrim shaharlarida ham Telegram ijtimoiy tarmog‘i bir muddat ishlamay qolgan. Uzilish bir necha daqiqa davom etib, keyinchalik messenjer odatiy tarzda ishlashda davom etgan. Telegram Qo‘llab-quvvatlash Markazi vakili Davron Rustamovning yozishicha, bir necha daqiqa davomida boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan bir qatorda, O‘zbekistonda Telegram’da aloqa qisman yoki to‘liq yo‘qolgan.
— Muammo Telegram tarafida emas, biroq jamoa aloqani saqlab qolishga harakat qilmoqda. Shaxsiy fikrim: Afg‘oniston atrofidagi tahlikali vaziyat tufayli ba’zi ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni cheklashga harakat qilindi, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q