Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning bolasini ayovsiz kaltaklayotgani tasvirlagan videolavhalar tarqaldi.
Voqea Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtgan.
Maʼlum boʻlishicha, eri aliment toʻlamay kelayotgani uchun bolasini ayovsiz kaltaklagan.
“Oʻzimni tutolmay qoldim. Otang topgan pulini ichib, yuradi, sen ham shunga oʻxshayapsanmi deb, jahl ustida urib tashladim”, deydi ayol.
Bolaning yoshi 2 da. Kaltaklar taʼsirida tan jarohati olgan bolaning ayol vaqtida shifokorga ham koʻrsatmagan. Boladagi jarohatlarni esa koʻchada toʻsatdan boshqa ayollar koʻrib qoladi va ularning saʼy-harakati bilan “ona”ning qilmishlari fosh boʻladi.
“Juda yomon ahvolga tushdim. Yigʻladim. Qoʻllari, oyoqlarini koʻrdim. Yigʻladim”, deydi oʻsha ayollardan biri.
Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi shahar sudida muhokama etilgan mazkur ish yuzasidan oʻtkazilgan sud majlisida ayolning muqaddam ogʻir jinoyat sodir etgani va voyaga yetmagan farzandlari borligi uchun jazo kechiktirilganligi oydinlashgan. Biroq ayol shu vaqtgacha bundan tegishli xulosa chiqarmagan.
“Nosirovaga Jinoyat Kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlansin. Jinoyat Kodeksi 60–61-moddalari tartibida Nosirovaga Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining 2023-yil 16-oktyabr tartibi bilan oʻtalmagan 4 yil-u 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini qisman qoʻshish yoʻli bilan, uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin”, deya Qarshi sudi raisi hukmni oʻqib eshittirdi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q