Siyosat
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqilgan.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida parlament aʼzolarining uchrashuvlari, siyosiy maslahatlashuvlar, “Innoprom” koʻrgazmasi, ikki mamlakat yetakchi muhandislik-texnik oliy oʻquv yurtlari rektorlari va nufuzli tibbiyot muassasalari rahbarlarining anjumanlari samarali oʻtgani, Toshkentda Rus sanʼati haftaligi tadbirlari davom etayotgani taʼkidlangan.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning oʻsib borayotgan surʼati mamnuniyat bilan qayd etilgan. Taʼkidlanishicha, qoʻshma loyihalar portfeli 45 milliard dollarni tashkil etgan.
Yetakchi korxonalarning qoʻshma loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qoʻshma investitsiya platformasini ishga tushirish yuzasidan kelishuvga ham erishilgan.
Shu bilan birga, Prezidentlar hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidlagan.
Maʼlumot uchun, bugun davlat rahbarlari raisligida Oʻzbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi boʻlib oʻtadi.
Xabarda tashrif davomida Madaniy hamkorlik dasturi qabul qilinishi taʼkidlanadi.
Uchrashuvda, shuningdek, taʼlim va muhandis kadrlarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilgan.
Yozilishicha, Oʻzbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish boʻyicha kelishuvlarga ham erishilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q