Ilm-fan
Iqtisodchi, doktorant Botir Qobilov Harvard universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi oʻzbekistonlik boʻldi.
Maʼlumot uchun, u oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Markaziy bankida yetakchi iqtisodchi lavozimida ham ishlagan.
“Chet elda, AQShda magistraturani oʻqiganman, hozir doktorlik ishimni yoqlayapman. Singapurda emas, Toshkentdagi Singapur menejment institutida oʻqiganman. Oʻzbekistonda davlat universitetida oʻqimaganimning sababi 1-avgustdagi imtihondan oʻta olmaganman. Buning oqibatida hozir yopilib ketgan xalqaro biznes maktabi – Kelajak ilmi degan nodavlat ilmiy majmuasiga kirganman va Singapur institutiga oʻqishni koʻchirganman. Oʻqishimning trayektoriyasi keyin meni Amerikaga olib keldi. Baʼzilar “shu paytgacha qanaqa yutugʻing bor”, deb soʻrashadi va yutugʻimni Harvardda oʻqiyotganim deb bilishadi. Lekin men eng katta yutugʻim 1 avgustda imtihondan oʻta olmaganim, deb bilaman. Chunki oʻsha imtihondan oʻtib davlat universitetiga kirganimda balki hozirgi oʻrnimda boʻlmasdim”, deya oʻz tarixini gapirib bergan edi Qobilov bir paytlar bergan intervyusida.
Boʻlajak olim oʻz yutugʻidan faxrlanar ekan, oʻz fikrida Oʻzbekistondagi OTM hamda maktab orasidagi farq haqida ham quyidagicha fikr bildirib ketgan edi:
“Kirolmaganim sababi ham kulgili: hozirgacha ham bu muammo boʻlsa kerak, yaʼni test – talabalarni saralash tizimi, menimcha, juda ham yaxshi ishlamaydi. Chunki maktabni bitirayotgan abituriyent bilan universitet orasida katta boʻshliq bor. Yaʼni maktablar universitetga talabalarni tayyorlamayapti. Maktabda olingan bilim oʻqishga kirishga yetarli emas. Hamma qatori men ham qancha-qancha pul sarflab repetitorlarga borganman, shu narsaning oʻzini muammo deb bilaman”, degan edi u oʻshanda.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q