Jamiyat
Xabarga koʻra, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Ijod maktablariga topshiruvchilardan talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:
◻️ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
◻️ fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
◻️ ota-ona yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
Eslatma! Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi.
Maʼlumot oʻrnida, ijod maktablari Oʻzbekistonda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalari hisoblanadi. Ularda ijodga doir yoʻnalishlarda saboq berildi.
Hozirda respublikada 9 ta ijod maktablari faoliyat koʻrsatyapti. 2025-yilga kelib bu maktablar sonini 33 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Oldinroq Prezident maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul kunlari eʼlon qilingani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q