Prezident maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul kunlari eʼlon qilindi

Saqlash
10:29 / 20.05.2024 1553 0

Xabarga koʻra, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

 

Maʼlumot oʻrnida, talabgordan Prezident maktablariga topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:

◻️ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;

◻️ fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);

◻️ ota-ona yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

◻️ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

 

Taʼkidlash lozim, talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim.

 

Xabarda, shuningdek, Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinishi ham eslatib oʻtilgan.

 

“Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//