Jamiyat
Toshkent shahrida yashovchi (ayol) N.D. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 30 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi T.A. sodir etgani maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.A. Internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarlarni (havola) joʻnatib yurgan.
Mazkur havolaga ishonganlardan biri boʻlgan N.D. ham nomaʼlum xabar ustiga bosgan va oqibatda uning bank karta maʼlumotlarini gumonlanuvchi qoʻlga kiritgan.
Fursatdan foydalanib qolishga intilgan gumonlanuvchi T.A. jabrlanuvchining bank kartalarida saqlangan 30 mln soʻm pul mablagʻini oʻzlashtirib, oʻzining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda T.A. ga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur bandlarda sud tomonidan berilgan hukm bilan ayblanuvchiga 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi nazarda tutiladi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112369
Jamiyat
95034
Jamiyat
91230
Jamiyat
75941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q