Jahon
Bu haqda nbcnews.com нашри xabar berdi.
Alyaska shtatidagi Aleut orollari arxipelagida bir vaqtning o‘zida uchta vulqon otildi. Ma’lum bo‘lishicha, Pavlova, katta Sitkin va Semisopochnaya vulqonlari otilgan.
Alyaska vulqonlar observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu jarayon bir haftadan ko‘proq davom etgan. Kul samolyotlar uchun juda xavfli. Olimlar Alyaskadagi vulqonlarning kuliga hamisha e’tiborda. Ammo hozirda vulqonlar yaqin atrofdagi aholi punktlariga yoki havo qatnoviga xavf tug‘dirmaydi.
— Alyaskada ko‘plab vulqonlar bor va biz o‘rtacha yiliga bir marta otilishni ko‘ramiz. Bir vaqtning o‘zida uchta portlash kamdan-kam uchraydi, lekin bo‘lib turadi, — dedi geolog Metyu Leven holatga izoh berib. Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi marta bunday kuchli portlash bundan yetti yil oldin kuzatilgan. Garchi bu uchta vulqon Aleut orollarining chekka qismlarida joylashgan bo‘lsa ham, ular havo sayohati uchun potensial xavfli bo‘lgan kul bulutlarini hosil qilishi mumkin.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q