Jahon
23-aprel, seshanba kuni Latviya hukumati asosiy taʼlimda rus tilidan ikkinchi chet tili sifatida bosqichma-bosqich voz kechish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, deb xabar bermoqda Delfi.
Latviyalik maktab oʻquvchilari birinchi chet tili boʻlmish ingliz tilini boshlangʻich sinfdan boshlab oʻrganadi. Ikkinchi chet tili esa boshlangʻich taʼlim oxiridan maktab darsliklariga kiritiladi.
Nazariy jihatdan, bolalar ikkinchi chet tili sifatida fransuz, nemis va boshqa tillarni oʻrganishlari mumkin, ammo ayni davrda ularga rus tili koʻproq oʻqitiladi. Bunga sabab esa maktablarda boshqa tillardan dars beradigan oʻqituvchilar yetarli emasligidir.
Taʼlim va fan vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Latviya maktablarining deyarli yarmida rus tili ikkinchi chet tili sifatida oʻqitiladi. Baʼzi taʼlim muassasalarida esa rus tilidan boshqa chet tili ham yoʻq.
Vazirlik tomonidan taklif qilingan oʻzgartirishlarga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab maktablar oʻquvchilarga asosiy taʼlim darajasida ikkinchi chet tili sifatida Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa iqtisodiy hududiga aʼzo davlatlarning rasmiy tillaridan birini yoki taʼlim toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlar bilan tartibga solinadigan chet tillarini bosqichma-bosqich taklif qilishlari kerak. Biroq ular ichiga rus tili kirmaydi.
Loyiha toʻrtinchi sinfga nisbatan beshinchi sinfda haftasiga darslar sonining koʻpayishi bilan bosqichma-bosqich boshqa chet tilini oʻqitish tizimiga oʻtishni nazarda tutadi.
Shuningdek, hujjatda 2027/2028 oʻquv yilida beshinchi va oltinchi sinflarda, 2028/2029 oʻquv yilida 5-, 6- va 7-sinflarda ikkinchi chet tili oʻqitilishi belgilandi. Umumiy hisobda, 2031-yilgacha Latviya maktablari ikkinchi til sifatida oʻqitilayotgan rus tilini dars jadvalidan mana shu tarzda chiqarib yuboradi.
Albatta, taʼlim boʻlimining rejasiga nisbatan juda koʻp shaxsiy eʼtirozlar boʻlgan. Masalan, ikki hafta davomida jismoniy shaxslar va turli uyushmalar vakillaridan 300 dan ortiq murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning aksariyati boshlangʻich sinflarda ikkinchi chet tili sifatida rus tilini oʻqitishdan bosqichma-bosqich voz kechishga qarshilik kayfiyatida boʻlgan.
Shuningdek, muhokamalarning koʻpayishi bolalar oʻz ona tilini oʻrganishda cheklanmasliklari va qaysi tilni oʻrganishni oʻzlari hal qilishlari kerakligi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, norozi tomonlar siyosat tufayli rus tilidan voz kechish notoʻgʻri deb hisoblaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q