Jamiyat
Kaliforniyalik olimlar oʻtkazgan tadqiqot natijalariga koʻra, 1 yoshgacha boʻlgan bolalar kuniga oʻrtacha 400 marta “yoʻq” (“no”) degan mazmundagi soʻzlarni eshitar ekan. Masalan, sakrama, yigʻlama, yugurma kabi.
Bunday taqiqlar oqibatda bola ong ostida “men xavfsiz holatda qolishim uchun oʻzimni chegaralashim kerak ekan” degan irratsional ishonchni singdirib qoʻyish ehtimolini oshirishi maʼlum boʻldi.
Xoʻsh, buning yechimi qanday?
Toʻgʻri, bola xavfsizligini taʼminlash uchun taqiqlar kerak, ammo meʼyorini oʻzgartirishimizga toʻgʻri keladi.
Yaʼni, taqiqning oʻrnini bosuvchi boshqa xatti-harakatlarni taklif qilish usulini qoʻllash tavsiya etiladi. Masalan:
◾️ “Yugurma” oʻrniga “sekinroq yur, bolam”;
◾️ “Yigʻlama” oʻrniga “kel yonimga, nima yordam kerak, ayt” kabi.
Bundan tashqari, taqiqni ruxsatga aylantirish usuli ham mavjud, yaʼni bunday:
◾️ “Hozir yema! Qoʻlingni yuvmagansan?” oʻrniga “uni qoʻlingni yuvganingdan soʻng yeysan”;
◾️ “Hovliga chiqma” oʻrniga “hovliga bir ozdan keyin birga chiqamiz” kabi.
Yana bitta usul, bu – taqiq emas, taklif qilish. Yaʼni:
◾️ “Telefon oʻynama” oʻrniga “kel, birga LEGO yasaymiz”;
◾️ “Unga tegma” oʻrniga “qara, senga bir narsa koʻrsataman” kabi.
Ota-ona qoʻygan taqiqlar bolaning qiziquvchanligini toʻsib, “olam xavfli ekan” degan tasavvur hosil qildirib qoʻymasligi zarur. Bu bolaning kelajagi uchun eng muhim taʼsir hisoblanadi.
Shuning uchun farzandingiz uchun olam bilan tanishtirishning maxsus usulini oʻylab topishingiz kerak. Ammo bu usul ortiqcha chegaralar, gippergʻamxoʻrliklardan holi boʻlishi shart, toki ular bolangizni chegaralab qoʻyishga xizmat qilmasin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q