Ayni vaqtda qaysi banklar imtiyozli taʼlim krediti bermoqda?

Saqlash
20:36 / 17.04.2024 1271 3

Hozirda quyidagi 3 ta bank imtiyozli taʼlim krediti beryapti:

◾️ Hamkorbank;

◾️ Biznesni rivojlantirish banki;

◾️ Orient Finans Bank

 

Imtiyozli taʼlim krediti nima?

Oʻqish kontrakt pulini toʻlash uchun talabalar banklardan imtiyozli taʼlim kreditlari olishi mumkin. Bunda beriladigan kredit ikki turga boʻlinadi:

◽️ yigitlar uchun –14 foizli;

◽️ qizlar uchun – 0 foizli.

 

Qulayligi nimada?

Imtiyozli kredit olishning qulayligi, bu – kreditni oʻqishni bitirgach toʻlash mumkinligidir.

 

Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil-u 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.

 

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi.

 

Kimlarga beriladi?

Talabaning oʻqish joyi Oʻzbekistonda boʻlsa kifoya, oliygoh davlat, nodavlat yoki xorijiy boʻlishi ahamiyatsiz.

 

Shuningdek, magistratura, bakalavr, sirtqi, kunduzgi yoki kechki yoʻnalishdagi talablarga ham birdek taʼlim krediti beriladi.

 

Biroq “superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga kredit ajratilmaydi.

 

Qanday hujjatlar kerak?

Buning uchun quyidagi hujjatlar jamlanadi:

◾️ ariza;

◾️ mijoz shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

◾️ kredit qaytarilish taʼminoti (garov, kafil va sugʻurta);

◾️ universitet bilan tuzilgan shartnoma.

 

Hujjatlar kredit beradigan bankka taqdim qilinadi.

 

Olish tartibi qanday?

Kredit oluvchining daromadga ega boʻlgan oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida shartnoma imzolashi mumkin.

 

Kredit miqdori talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan beriladi.

3 Izohlar

Zafar Jumamurod o'g'li Arziyev

07:04 / 23.04.2024

juda ajoyib, Avvalo Davlatimiz rahbariga rahmat shunday keng imkoniyatlar ochganlari uchun, Markaziy bank hamkorliklari uchun banklarga ham rahmat.

Nilufar

03:04 / 20.04.2024

Men ta'lim krediti oldim. Ammo 14% lik qilib chiqarib berishgan. Bu foiz moliya solig'i tomonidan qoplanadi deyishdi. Shu rostmi?

Mushtariy

02:04 / 19.04.2024

Men kontrakt tolay olmayotgandim talim kreditni ochib berganingiz uchun kattakon raxmat judayam hursand boldim

Izoh qoldirish

//