Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerning yonayotgani aks etgan video tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi holatga munosabat bildirib, yongʻin Moskva viloyati hududida sodir boʻlganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yongʻin Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida sodir boʻlgan, shundan soʻng alanga avtomobillar boʻlgan treylerga oʻtgan. Yongʻin oqibatida 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar koʻrgan. Hodisa natijasida avtotreyler haydovchisi jabrlanmagan.
"Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib oʻtish vaqtida sodir boʻlgan. Barcha tashilgan avtomobillar sugʻurtalangan boʻlib, ular rossiyalik mijozga tegishli boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda zaruriy yongʻin-texnik ekspertizasi oʻtkazilib, yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda", - deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Ilm-fan
111546
Jamiyat
94623
Jamiyat
90615
Jamiyat
75051
Jamiyat
//
Izoh yo‘q