Siyosat
Namangan universitetidagi 71 ta taʼlim yoʻnalishi 56 taga kamaytirilib, yangi adabiyotlar bilan toʻliq taʼminlanadi. Taʼlim sifatini oshirish uchun oʻquv dasturlari yangilanadi. Bu haqida Prezident rahbarligida Namangan viloyatida oʻtkazilayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Xabarga koʻra, viloyatda 6 ta davlat va 3 ta xususiy oliygoh bor. Ular ichida Namangan universiteti yetakchi hisoblanadi. Endilikda ushbu bilim yurtida oʻzgarishlar qilish vaqti kelgani taʼkidlandi.
Maʼlumot uchun, viloyatdagi jami oliygohlarda 65 ming nafar talaba tahsil oladi. Shundan 32 ming nafari boshqa viloyatdan kelib oʻqiydi. Yigʻilishda mazkur jihat inobatga olinib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111115
Jamiyat
94524
Jamiyat
90471
Jamiyat
74587
Jamiyat
//
Izoh yo‘q