Nobel mukofoti sovrindori Dmitriy Muratov qo‘mitani sukut saqlashga chaqirdi 

Saqlash
22:42 / 11.12.2021 1419 0

«Новая газета» nashri bosh muharriri Dmitriy Muratov oktyabr oyida Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgandi. Kecha, 10-dekabr kuni mukofotni rasman topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

 

Muratov nutq so‘zlashdan avval barchani halok bo‘lgan jurnalistlar uchun bir daqiqa sukut saqlashlarini so‘radi. Yakunda esa zalda o‘tirgan Nobel qo‘mitasini o‘rinlaridan turishga chaqirdi. Taqdirlash marosimi YouTube orqali translyasiya qilindi. 

 

U nutqi davomida kasbining fidoyisi bo‘lgan, hayotini jurnalistikaga bag‘ishlagan reportyorlar haqida gapirdi. Jurnalistlar faqat keksayib vafot etishiga tilak bildirdi. Jumladan, 

 

“Ruslarda ham, inglizlarda ham, umuman ko‘plab ellarda shu maqol bor: “It hurar, karvon o‘tar”. Uni shunday izohlashadi: karvonning yo‘liga hech kim to‘g‘onoq bo‘lolmaydi. Ba’zida rasmiylar jurnalistlarni mensimay gapirishadi. Ular huraveradi, ammo ta’sir o‘tkazolishmaydi.

Men yaqinda shunga amin bo‘ldim, bu maqolni teskari aylanlantirsa ham bo‘larkan. Karvon o‘taveradi, chunki itlar huradi.

Tog‘larda va cho‘llarga yirtqichlar bo‘kiradi, tashlanadi. Qachonki ular karvonni qo‘riqlab borsa, manzilga yetish mumkin.

Ha, biz baqiramiz, tishlaymiz. Bizning o‘tkir tishlarimiz va changalimiz bor. Biroq biz harakatlanish asosimiz. Biz yakkahokimlikka qarshi dorimiz”, deb fikr bildirdi.

 

Muratov bu mukofot shaxsan unga emas, bugun tahririyatga tegishli ekanini bildirib o‘tdi. U Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan uchinchi rossiyalikdir. Undan avval fizik olim Andrey Saxarov va SSSRning birinchi prezidenti Mixail Gorbachev mukofotlangandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//