Jamiyat
Ramazon oyida notoʻgʻri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining taʼkidlashicha, roʻzadorlar sogʻlom ovqatlanish tavsiyalariga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos boʻlish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.
Iftorlik va saharlik oraligʻida koʻp miqdorda suv ichish tavsiya etiladi. Kunduzi havo harorati yuqori boʻlganda koʻp terlashni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu bois kun davomida yoʻqotilgan suyuqlik oʻrnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa koʻproq suv ichish tavsiya etiladi.
Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu meʼyorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida hoʻl mevalardan yeyish foydali.
“Achiq-chuchuk” salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv neʼmatlar hisoblanadi.
Shoʻrva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham isteʼmol qilish mumkin.
Tarkibida kofein mavjud boʻlgan mahsulotlar – kofe, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan maʼqul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishiga olib keladi.
Kun davomida juda doimiy harakat qilish organizmning koʻp miqdorda suv yoʻqotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo kun boʻyi harakatsiz oʻtirish ham tavsiya qilinmaydi.
“Ogʻizni yopish”dan oldin ovqat yeyish lozim. Saharlik paytida yengil taomlanish, ayniqsa, roʻza tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, oʻsmirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun juda muhim!
Yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod boʻlgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) yoki tuxum kabi oqsilga boy neʼmatlarni isteʼmol qilish foydali.
Ammo shunday toifadagi bemorlar borki, roʻza tutish ularning salomatligi uchun xavfli boʻlishi mumkin.
Mutaxassislar fikricha, jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishini talab qiluvchi va operatsiyadan keyingi davrda bemorlar roʻza tutishi maqsadga muvofiq emas.
Bundan tashqari, doimiy ravishda dori ichishi kerak boʻladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining ogʻir koʻrinishlari hamda qandli diabetda ham ushbu amalni bajarish tavsiya etilmaydi.
Qolaversa, ogʻriq bilan kechadigan va ogʻriq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham roʻza tutish mumkin emas.
Ular roʻza tutish niyatida boʻlsalar, avvalo, shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q