Madaniyat
Kecha, 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini bastalagan kompozitor Mutavakkil Burhonovning uy muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat va shahar bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, Oliy ta’lim muassasalari, BuxDTI qoshidagi akademik lisey o‘quvchilari, "Turon Patriot" harbiylashtirilgan maktab o‘quvchilari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Uy-muzey Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qo‘riqxonasining filiali maqomida tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda bastakor hayoti va ijodi bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq foto suratlar, turli hujjatlar, musiqa asboblari, ordenu medallar va uy-ro‘zg‘or buyumlari jamlangan. Shuningdek, Davlat madhiyasining notalarda yozilgan nusxasi ham saqlanadi.
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda tashkil etilgan uy-muzey “Mutal Burhonov umr yo‘li”, “Bastakor ijod xonasi”, “E’tirof, ehtirom”, “Musiqa tarixi” kabi bo‘limlardan iborat.
Sayohat so‘ngida o‘quvchilar tomonidan Davlat madhiyasi jo‘r ovozda kuylandi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q