Jamiyat
Hozirda baburid.uz platformasi sinov tariqasida ishlamoqda.
Saytga Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid 20 mingdan ziyod kitob, maqola kabi fayllar joylanishi rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun, ushbu loyiha Temuriylar tarixi davlat muzeyi jamoasi hamda Bobur nomli xalqaro jamoat fondi hamkorligida ishlab chiqilgan.
28-fevral kuni Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda “Xalqaro boburshunoslik ilmiy platformasi” taqdimoti yuzasidan “Matbuot anjumani” boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, platformaning “Virtual sayohat” boʻlimida “Bobur va jahon madaniyati muzeyi”, “Bogʻi Bobur istirohat bogʻi”, “Boburning ramziy qabri”, “Bobur xalqaro jamoat fondi”, “Andijon shaharsozlik madaniyati” muzeylariga sayohat qilish imkoniyati mavjud.
Jamoada 4 nafar ilmiy xodim, 2 nafar tarjimon va 2 nafar dasturchi xodimlar ish olib borishdi.
Taʼkidlash lozim, shu paytgacha oʻzbek internet tarmogʻida bironta ham tarixiy shaxs yoki allomaning faoliyatiga bagʻishlangan oʻzbek tilidagi sayt mavjud emas edi. Aynan baburid.uz platformasi birinchisi boʻldi.
Platformaning bosh sahifasiga tanlangan kontent va maʼlumotlar maktab yoshidagi bolalardan tortib, katta yoshli auditoriyani ham oʻziga jalb qilishi inobatga olinib, boburiylar davriga oid sara miniatyuralar, tarixiy asarlardan iqtiboslar hamda “Oʻzbekkino” agentligi ijodkori, rejissyor Bobur Sher oʻgʻli tomonidan suratga olingan “Zahiriddin Muhammad Bobur” hujjatli tarixiy dramasidagi kerakli videolavhalar ajratilgan va mavzulashtirilgan holda joylashtirib chiqilgan.
“Kutubxona” deb nomlanuvchi boʻlim platformaning yadrosini tashkil etib, uning tarkibiy qismlari:
▫️ Boburning ijodiy merosi;
▫️ Qoʻlyozmalar;
▫️ Konferensiya toʻplamlari;
▫️ Miniatyuralar;
▫️ Ilmiy nashrlar;
▫️ “Bobur va dunyo” jurnali;
▫️ Media;
▫️ Boburshunoslik kabi yoʻnalishlardan tashkil topgan.
Shu bilan birga, “Qoʻlyozma manbalar” boʻlimida sohaga doir tarixiy asarlarning ayrim namunalari joylashtirib boriladi va tadqiqotchilarga foydalanish uchun qulayliklar yaratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q