Siyosat
16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining navbatdagi brifinggi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalarida Afg‘onistondagi vaziyatning yoritilishiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Matbuot kotibi Markaziy Osiyo va qo‘shni Afg‘onistonda vaziyat tez sur’atlarda o‘zgarayotganini, jurnalistlarga bu borada o‘zlarini qiziqtirayotgan barcha savollarni yozma jo‘natishni, ularga batafsil yozma javob qaytarilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ushbu mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti bilan bog‘liq ma’lumotlarni havola etdi.
Ma’lumki, 15-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha ham fikr almashildi. Ikki mamlakat idoralari o‘rtasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yaqin aloqalar va hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Brifingda mazkur muloqot tafsilotlari yana bir bor ma’lum qilindi.
– Shu o‘rinda jurnalistlarga qarata aytmoqchiman: albatta, Afg‘onistondagi vaziyat hammaning diqqat-e’tiborida, hamma uni yoritishga harakat qilayapti. Lekin bu mavzuda spekulyasiyaga yo‘l qo‘ymaslikka, ishonchsiz manbalardagi gaplarni tarqatmaslikka chaqiraman.
Mana, kecha Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston – O‘zbekiston chegarasidagi vaziyat haqida rasmiy bayonot berdi. Bundan keyin ham o‘z vaqtida axborot berib boradi. Ilgari bunday vaziyatlarda rasmiy idoralar xalqimizga tegishli ma’lumotni yetkazib bermagan, bu birinchi marta. Biz jurnalistlar va vatandoshlarimizga ma’lumotlar o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaymiz. Sizdan iltimos, turli feyklarga ishonib noto‘g‘ri axborotlarni tarqatmang, – dedi Sherzod Asadov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q