2040-yilga kelib Oʻzbekistonda eng xavfli darajadagi suv tanqisligi yuz beradi

Saqlash
17:17 / 26.02.2024 1355 0

Taxminlarga koʻra, 2025-yilda dunyo aholisining yarmi suv tanqisligiga uchragan hududlarda yashashi mumkin.

 

Dunyo resurslari instituti maʼlumoti boʻyicha, 2030-yilda 700 millionga yaqin odam kuchli suv tanqisligidan qiynaladi.

 

2040-yilga borib Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda 80 foizdan ortiq aholi suv tanqisligidan aziyat cheka boshlaydi.

 

Aslida suv tanqisligidan hech bir davlat qutilib qololmaydi. Kelajakda butun dunyo suv tanqisligidan qiynaladi. Bu bir qator omillarga bogʻliq, masalan, infratuzilma va suv taqsimlashdagi xatoliklar, resursning ifloslanishi, mojarolar yoki suv resurslaridan notoʻgʻri foydalanish.

 

 

Yuqoridagi xaritada toʻq qizil rangda berilgan davlatlarni koʻrib turibsiz. Bu davlatlar 2040-yilga borib 80 foiz aholisi suv tanqisligiga duch keladigan davlatlar hisoblanadi. Ular dunyo boʻyicha suv tanqisligi muammosi bor eng xavfli hududlardir. Achinarlisi esa, ularning ichida Oʻzbekiston ham bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//