Jamiyat
Bugun, 23-fevral kuni Navoiy shahridagi 2-umumtaʼlim maktabida muassasa direktorining tashabbusi bilan sartarosh chaqirtirilib, turli sinflardan oʻgʻil bola oʻquvchilar sport zalga yigʻilgan holda sochi olingan. Qizigʻi, jarayonni milliy gvardiya xodimlari ham kuzatib turgan.
Mazkur holatga Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Raʼno Hayitova munosabat bildirgan. U bu holatni umuman oqlab boʻlmasligini aytgan.
“Maktabga hozir odam joʻnatdim. Oʻzi kecha gaplashgandim shu maktab direktori bilan. Ushbu maktab faoliyatini toʻliq oʻrganamiz. Bu holat umuman mumkin emas. Bunday direktor ishda qolishi ham mumkin emas, aslida. Maktabda oʻquvchining sochiga tegishga umuman haqqi yoʻq. Pedagogning etika qoidasiga toʻgʻri kelmaydi bu”, – deya holatni izohlagan boshqarma boshligʻi.
Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi matbuot kotibi ham holatga munosabat bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, milliy gvardiya xodimlari maktab direktorining bu tashabbusiga qarshi boʻlishgan.
“Biriktirilgan xodimlarimiz davomat nazorati uchun maktabga borganida ushbu holatning ustidan chiqishgan. Bu, albatta, mumkin emas. Shu sababli maktab direktoriga jarayonni toʻxtatishni hamda oʻquvchilarni darsga qaytarishni aytishgan”, – deydi Ramazon Kubayev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
3 Izohlar
Bobur
16:02 / 28.02.2024
Bollarni sochiga tegishdan oldin ota-onasidan ruxsat olishsin. Nima maktabni direktorni ota-bobosi yaratganmi. Yoshlikda bo'ladi hamma qiziqish soch o'stirish balo-battar bu tabiiy hol. Xullas direktor bema'no ish qilgan. Sharmanda prosta
Alisher
02:02 / 27.02.2024
Direktorni ishdan xaydash kerak. Nima xaqqi bor bollarni sochiga tegishga. Ta'lim sifati bilan shug'ullansin avval. Bu sanlaga Shimoliy Koreya emas. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Raʼno Hayitovaga respekt!
Omonjon
22:02 / 24.02.2024
Asliga qaraganda direktor to'g'ri ish qilgan. Ota ona qaramagan bu sochga maktab mamuriyati qarayabdi.. Tag manoni qarab so'rasak balki bu o'quvchilarni sochi maktab odob ahloq qoidalariga to'g'ri kelmasdir.. Yoshlarga etibor bermasak yengil tabiat bo'lib bormoqda.. Huramtli direktor aslida siz jamiyat u.n kurashmoqdasiz sizga mukofat berish kerak 👏👏👏👏