Jahon
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yil 20-fevral kuni ertalab Viborg shossesida sodir boʻlgan. Unda qurollangan shaxs nomaʼlum sabablarga koʻra 42 yoshli erkakning boshiga oʻqotar quroldan oʻq uzgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Qayd qilinishicha, jabrlanuvchi oʻzbekistonlik taksichi Rustambek Aldayev boʻlgan. U qora rangli Toyota mashinasida bolalarni 622-sonli gimnaziyaga olib kelib, mashinadan tushirayotganida nomaʼlum qotil uning boshiga toʻpponchadan oʻq uzgan.
Jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilgan. Ahvoli ogʻir. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga harakat qilishmoqda.
Hozirda Rossiya Tergov qoʻmitasining Sankt-Peterburg shahri boʻyicha Bosh tergov boshqarmasi tomonidan odam oʻldirishga urinish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q