
Ilm-fan
Bugungi kunda ilk bor Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi tomonidan (WFME prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyadan oʻtdi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadi.
Mazkur xalqaro akkreditatsiya Oʻzbekistondagi taʼlim dasturlarining xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni boʻlib, Oliy taʼlim sifati kafolati Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) aʼzosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan oʻtkazildi.
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q