Madaniyat
“Dunyoda har yili 5 yoshdan kichik boʻlgan oʻrtacha 297 ming bola tozalanmagan ichimlik suvi isteʼmol qilgani yoki ana shunday suv bilan yuvinishi natijasida diareyaga uchrab vafot etmoqda. BMT hisobotga koʻra, 2050-yilga borib qurgʻoqchilik dunyo aholisining toʻrtdan uch qismidan koʻprogʻiga taʼsir qilishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining hisobotida keltirilishicha, toza ichimlik suvi taqchilligi sabab yiliga 1,4 million kishi halok boʻlmoqda. Olimlarning fikricha, asrimiz oxiriga borib suvining tanqisligi sababli taxminan 3 milliard odam yaʼni yer yuzi aholisining 30 foizi yashash joyini oʻzgartirishga majbur boʻladi.
Tadqiqotlarga koʻra, 2040-yilga borib suv tanqisligi avj olishi taxmin qilinayotgan 33 ta davlat orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Oʻzbekiston ham bor. Suv inqirozidan aziyat chekayotgan davlatlar reytingida Oʻzbekiston 164 mamlakat orasida 25-oʻrinni egallagan. Oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, Oʻzbekiston suv taqchilligi eng yuqori boʻlgan 27 davlat guruhidan oʻrin olgan”
Ushbu maʼlumotlar bugun taqdimoti boʻlib oʻtgan yozuvchi Furqat Alimardonning “Pichirlagan sirlar” kitobidan olingan. “Akademnashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan kitobda yurtimiz va butun insoniyat qarshisida turgan ulkan xavf – qurgʻoqchilik turli taqdirlar hamda shaxslar vositasida koʻrsatib berilgan.
Yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, noshirlar, kitobxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan taqdimot odatdagidan oʻzgacha ruhda oʻtkazildi. Avvaliga yozuvchi oʻz asaridan parcha oʻqib berdi. Shundan soʻng asar yozuvchi-olimlar tomonidan tahlil qilinib, qissaning yutuq va kamchiliklari aytib oʻtildi.
Taqdimotda namoyish qilingan asar asosida olingan videorolik va qissadagi suvning insoniyatga yozgan maktubi kishini oʻylantirib, kitobni oʻqib chiqishga undaydi. Umid qilamizki, ushbu yangi kitob oʻzbek adabiyotida yangi mavzularni boshlab beradi.
Foto: Abdumannon MUHAMMAD
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q