Madaniyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Oʻzbek filologiyasi” fakulteti bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun hamda Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda hamkor tashkilotlar masʼul xodimlari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Mutal Burxonov musiqasi ostida bastalangan xalqimiz qoʻshigʻining ulugʻvorligi, oʻzida xalqimizning tarixiy orzu-umidlari yashashi, unda xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangani, mardona va sharaflarga boy oʻtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuygʻular tarannum etilgani, har bir Vatan farzandi Davlatimiz madhiyasiga munosib ehtirom koʻrsatishi lozimligi toʻgʻrisida soʻz yuritdilar.
Tadbir davomida talaba yoshlar tomonidan Vatanni madh etuvchi sheʼriy chiqishlar, xalqimiz eʼzozidagi xonandalar tomonidan kuy-qoʻshiqlar yangradi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q