Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Janubiy Koreyaga boradi

Saqlash
22:04 / 09.12.2021 886 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni Janubiy Koreyaga uch kunlik davlat tashrifi bilan boradi.

 

Prezident Mun Chje In va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Seulda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan sammit o‘tkazadi, deb xabar qildi Janubiy Koreya prezident devoni.

 

Prezident matbuot kotibi Pak Kyung Miga ko‘ra, Mirziyoyev 16-dekabrda Janubiy Koreyaga uch kunlik davlat tashrifi bilan boradi, sammit 17-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

 

“Mun va Mirziyoyev ikki xalq o‘rtasidagi kelajakka yo‘naltirilgan va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yuksaltirish chora-tadbirlarini muhokama qilishi kutilmoqda. Janubiy Koreya va O‘zbekiston kelasi yili diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaydi”, – deya qo‘shimcha qildi Park.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//