Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi imtihon sanasi ma'lum qilindi

Saqlash
11:08 / 16.08.2021 1446 0

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021 yil 18 avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 19:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi – «Turon» markaziy stadioni;
    Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);
    Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi «Navbahor-umid» stadioni;
    Buxoro viloyati – «Dilkusho» tennis sport majmuasi;
    Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi «Xorazm» sport majmuasi (1-sektor);
    Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;
    Qashqadaryo viloyati – «Nasaf» futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);
    Navoiy viloyati – «Kimyogar» o‘yingohi;
    Samarqand viloyati – Lokomotiv markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma Harbiy tibbiyot akademiyasi tomonidan tarqatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish