Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi 2021-yil 15-dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqida Senat axborot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan. “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi, “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi, “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi, “Tadbirkorlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi, Toshkent shahar hokimining hududlarni rivojlantirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijro etilishining borishi yuzasidan hisobotlar eshitiladi.
Shuningdek, senatorlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalarini muhokama qiladi.
Yalpi majlisda eksport hajmining barqaror oʻsishini taʼminlash va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar hamda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari yuborish masalalari ham koʻrib chiqiladi.
Parlament yuqori palatasining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining 2020-yil va 2021-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini ham eshitish nazarda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q