Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolatlari kengaytirildi

Saqlash
15:10 / 08.12.2021 1567 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-37-son Qarori qabul qilindi.

 

“Unga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma hisobidan quyidagilar amalga oshiriladi”, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati.

 

Shuningdek, qarorga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan Agentlik quyidagi vakolatlarga ega boʻladi:



- huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron maʼlumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga oid maʼlumotlarni olish;

 

- tadqiqotlar va maʼmuriy surishtiruvlar oʻtkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash boʻyicha qoʻshma ishchi guruhlarini tuzish;

 

- huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishini qoʻzgʻatish yoki boshqa taʼsir choralarini koʻrish uchun korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi xabarlarni yuborish va ushbu xabarlarni tekshirish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida maʼlumotni talab qilib olish;

 

- ommaviy rezonans va muhokamalar, yaʼni jamiyatning maʼlum bir hodisaga boʻlgan hissiy munosabati, jamoatchilik eʼtiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar boʻyicha ishni koʻrib chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlarini oʻtkazish;

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan. Unga koʻra:

 

Agentlik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, ommaviy axborot vositalarining xabarlarini oʻrganish asosida, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etishga haqli etib belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//