Madaniyat
Bugun, 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilingan kun hamda O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Bojxona instituti boshlig‘i, bojxona xizmati podpolkovnigi Vosid Ergashev, Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohibasi, shoir Abdulla Oripovning turmush o‘rtog‘i Hanifa Oripova, O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, Bojxona instituti professor-o‘qituvchilari va kursantlar, OAV vakillar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burxonov musiqasi ostida bastalangan millat qo‘shig‘ining ulug‘vorligi, unda xalqimizning tarixiy orzu-umidlari yashashi, har bir Vatan farzandi Davlatimiz madhiyasiga munosib ehtirom ko‘rsatishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
Tadbir davomida Bojxona institutining kursantlari tomonidan Vatanni madh etuvchi she’riy chiqishlar, xalqimiz e’zozidagi xonandalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109642
Jamiyat
94029
Jamiyat
89793
Jamiyat
72956
Jamiyat
//
Izoh yo‘q