Jamiyat
Navoiydagi “Qizilqum” davlat qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga to‘ng‘izlar muhrlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
O‘rta Osiyo to‘ng‘izi kamayib ketish xavfi ostidagi hayvonot turi bo‘lib, Markaziy Osiyoda tarqalgan. Asosan gala bo‘lib yashaydi va tunda faollashadi. To‘ng‘izlar tabiat uchun foydali, ular zararli o‘rmon hashoratlarini yo‘q qiladi.
To‘ng‘izlar kuzatilgan “Qizilqum” qo‘riqxonasi hududida 36 tur sutemizuvchilar, 266 tur qushlar, 29 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar va 25 tur baliqlar uchraydi. Bulardan 45 tur hayvon O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Buxoro bug‘usi, jayron, qoraquloq va uzun ninali tipratikan kabi 20 tur noyob hayvonlar Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi “Qizil ro‘yxati”ga olingan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q