Jaloliddin Manguberdi tarixiga oid 5 ta kitobdan iborat jamlanma nashr qilindi

Saqlash
13:12 / 07.12.2021 1765 1

Xorazm viloyati hokimligi tomonidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Jaloliddin Manguberdi” fondi bilan hamkorlikda Jaloliddin Manguberdi tarixiga oid 5 ta kitobdan iborat kitoblar jamlanmasi tayyorlandi.

 

Ushbu jamlanmadan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori Jumaboy Rahimovning “Mardlik va jasorat timsoli”, Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi Qudrat Masharipovning “Jaloliddin Manguberdining jahon siyosiy va harbiy tarixidagi oʻrni”, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari, “Jaloliddin Manguberdi” fondi raisi Bekzod Abdirimovning “Xorazmiylar izini izlab…”, “Ikki buyuk sarkarda yoxud Jaloliddindan Qutuzgacha”, Bekzod Abdirimov hamda pokistonlik Vasim Sajjad hammuallifligidagi “Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda” nomli asarlari oʻrin olgan.

 

Mazkur kitoblar jamlanmasi Xiva shahrida boʻlib oʻtadigan “Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini oʻrganish” mavzusidagi xalqaro konferensiya oldidan xalqimiz uchun munosib tuhfa boʻldi deyish mumkin.

1 Izoh

Umidjon

06:01 / 01.01.1970

Menga ham shu kitoblardan kerak 5 tasi

Izoh qoldirish